- Siz klubga biroz kechroq qo'shildingiz, ammo sermahsullik ajoyib. Buni siri bormi?
- Asosiy sabab akam menga ko'p yordam berayaptilar. Bu yerdagi ko'p futbolchilar bilan oldin ham birga o'ynaganman. O'tgan yili omadsiz mavsum bo'lgandi va gol urishni rosti sog'inib qolgandim. "Lokomotiv"da imkon qadar ko'p gol urishga va shu bilan birga terma jamoaga qaytishga urinaman. Maqsadim shu.
- Qishda sizga "Dinamo"dan ham taklif bo'lgan ekan. Nega "Lokomotiv"ni tanladingiz?
- To'g'ri "Dinamo"dan taklif bo'lgandi. Lekin men "Lokomotiv" bilan Osiyo chempionlar ligasida o'ynashni istagandim. "Dinamo"dan tushgan taklifni qabul qilmaganim uchun rahbariyatdan uzr so'rayman. Samarqand hayotimda eng muhim rol o'ynaydi. "Dinamo" klubidagi o'yinlarim futbolga kirib ketishimga sabab bo'lgan, u yerda ajoyib gollar urganman, bir mavsumda 20ta gol urganman, bundan tashqari milliy terma jamoaga ham aynan o'sha klubdagi o'yinlarim orqali chaqiruv olganman.
- Hozirgi sport formangiz qanday holatda? Nechchi foizga tayyorsiz?
- Menimcha 85 foizga tayyorman. Hali 100 foiz tayyor emasman.
- Oldin aka-uka Tojievlar ancha ko'p gol urib barchani e'tiborida turishardi. Oxirgi yillarda sal susaygandek ko'rinmoqda. Bu yil esa akangiz ham siz ham ko'p gollar urayapsiz?
- Akam haqida gapira olmayman. Agar o'zim haqida aytadigan bo'lsam, jarohatim bois o'yinlarda o'zimni ko'rsata olmagandim. Mana endi jarohatim bitdi va yaxshi o'yin namoyish etayapman. Shu sababli 2 yil o'yinimizda qandaydir pasayish bo'ldi.
- "Lokomotiv" keyingi turda "Paxtakor"ga qarshi o'ynaydi. Siz uchun bu o'yin qanday ahamiyatga ega bo'ladi?
- Men uchun sinov desam bo'ladi. Men uchun “Paxtakor” alohida o'rinda turadi, shu klubda tarbiyalanganman. O'sha o'yinda o'zim qanday holatdagiligimni sinab olaman. Shuningdek, "Paxtakor"ga qarshi o'ynash men baxt desam ham bo'ladi, qo'limdan kelganicha chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilaman.
- Krishtianu Ronaldu sobiq klubi "Manchester Yunayted"ga gol urganidan keyin golni nishonlamadi. Agar siz "Paxtakor"ga gol ursangiz nima qilasiz?
- (kulib). Menimcha bu o'sha holatda hal bo'lsa kerak, bilmadim.
- Bugun o'yin paytida siz raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotganizda birdan to'xtab qoldingiz. Nima uchun?
- Men nega to'xtadim? O'sha paytda xushtak chalindi. Hakam xushat chaldi deb to'xtadim, ammo orqaga qarasam hakam emas tribunadan xushtak chalishgan ekan.
www.championat.uz