"Fanat Superliga". "Paxtakor" – "Surxon" 1:3

Narzulla Saydullayev
1 apr 2020, 17:00
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga". "Paxtakor" – "Surxon"

"O'yin" soat 17:00da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!     

1-savol: 2019 yil Termizda o'tgan “Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvidagi birinchi golni kim urgandi? Javob: Hech kim, o'yinda 0:0 hisobi qayd etilgan. (Admin_Osiyo  "Paxtakor" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Nuriddin Naybet qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Marokash (Temurbek Valiev "Surxon" muxlisi birinchi bo'ldi) 

3-savol: 2002 yil Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi kim bo'lgan? Javob: Roje Lemerr (Adham Choriyev  "Surxon" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Emil Mpenza qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Belgiya (Masnur Samandarov "Surxon" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi: "Paxtakor" – "Surxon" 1:3

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia