"Fanat Superliga". "Buxoro" - "Andijon" 2:4

Narzulla Saydullayev
28 mar 2020
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta savol beriladi. O'sha jamoalar to'qnashuvi o'rtasidagi o'yinlardan kelib chiqib 2ta savol, xorij va O'zbekiston terma jamoalariga oid 2ta savol bo'ladi.

Qoida: Savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi. Viloyatlarda internet tezligi pastligi yoki o'chib qolishini inobatga olsak ikkinchi javob o'rtasidagi farq 1 daqiqani tashkil qilishi mumkin. Yani masalan "Andijon" muxlisi 17:45da javob bersa, "Surxon" muxlisining 17:46dagi javobi qabul qilinadi.

Agar siz "Buxoro" muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu "Andijon" muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"O'yin" soat 18:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi.  

1-savol: 2019 yil Buxoroda o'tgan o'zaro o'yinda qaysi futbolchi yagona golni urgandi? To'g'ri javob: Behruz Shodmonov (Ikkala jamoa muxlislari bir daqiqa ichida javob berishdi)

2-savol: 2019 yil Andijonda o'tgan bahsda qanday natija qayd etilgan? To'g'ri javob: 2:0 (Temurbek Valiev (Andijon muxlisi) birinchi to'g'ri javob berdi

3-savol: 2002 yil Oliy ligada kim to'purar bo'lgan edi? To'g'ri javob: Baxtiyor Hamidullaev  (Temurbek Valiev (Andijon muxlisi) birinchi to'g'ri javob berdi

4-savol: 2004 yil YCHL finalida gol urgan rossiyalik futbolchi kim?  To'g'ri javob: Dmitriy Alenichev. (Ikkala jamoa muxlislari bir daqiqa ichida javob berishdi)

O'yin tugadi: "Buxoro" - "Andijon" 2:4


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia