Fakt. Yaxshiboev faqat so'nggi daqiqalarda gol uradi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2018, 13:50
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvida mehmonlar g'alaba qozonishdi.

O'yinning 90-daqiqasida "sherlar" yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboev gol urib hisobni tenglashtirdi. Bu futbolchining Superligadagi uchinchi goli bo'ldi.

E'tiborlisi Yaxshiboev oldingi ikkita golni ham o'yinning oxirgi besh daqiqasida urgan ekan. "Metallurg"ga qarshi o'yinning 89-daqiqasida debyut golini urgan Jasur, o'tgan tur AGMK bilan bahsning 85-daqiqasida o'z hisobiga gol yozib qo'ygan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia