Fakt. "Surxon" va "Dinamo" oxirgi 4 turda bir xil natija qayd etmoqda

Xayrulla Xoliqov
30 avg 2022, 16:49
Ikkinchi davra boshlanganidan beri "Surxon" va "Dinamo"ning hech omadi kelmayapti.

Negaki har ikki jamoa ketma-ket 4ta turdan beri faqat mag'lubiyatga uchramoqda. "Surxon" 14-17 turlar oralig'ida "Olimpik", "Navbahor", "Metallurg" va AGMKga qarshi bahs olib borib, hammasida mag'lub bo'ldi. Jamoa bu o'yinlarda 2ta gol urib, o'z darvozasidan 11 bor to'p olib chiqdi. 

Vadim Abramov qo'l ostidagi "Dinamo" esa ikkinchi davrada "Paxtakor", "So'g'diyona", "Qizilqum", va "Bunyodkor" klublariga qarshi maydonga tushib, barchasiga imkoniyatni boy berdi. Oxirgi to'rtta o'yinda to'plar nisbati 5-11. 

Bundan ko'rinib turibdiki, har ikki jamoa hozirgi paytda qiyin kunlarni boshdan kechiryapti. Bu omadsizlik qachongacha davom etishi noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia