Fakt! Mirjamol Qosimov 662 kundan so'ng Superligada gol urdi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2021, 14:12
Superliganing 18-turidan o'rin olgan AGMK - "Turon" (2:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur bahsda olmaliqliklar safida Mirjamol Qosimov gol urishga erishdi. Shunday qilib, Qosimov 2019 yil 23 noyabr kunidan (662 kundan) buyon ilk bor Superligada to'p kiritdi.

Qizig'i Qosimovning oxirgi goli ham "Qo'qon-1912" darvozasiga burchakdan gol urgan edi. 

Ma'lumot uchun, Mirjamol Qosimov kecha gol urishdan tashqari golli uzatmani ham amalga oshirdi. Futbolchi faoliyatida ilk bor bunday natijaga erishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia