Fakt. Dostonbek Hamdamov 4ta turdan buyon gol urmoqda

Narzulla Saydullayev
21 okt 2019, 10:27
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvida mehmonlar vakili Dostonbek Hamdamov dublga erishdi.

Shu tariqa Hamdamovning golli seriyasi 4ta o'yinga etdi. Dostonbek Superligada 19-turdan buyon muntazam ravishda gol urib kelmoqda.

Futbolchining bu mavsumdagi jami gollari soni 7taga etdi.

Dostonbek Hamdamov gol urgan o'yinlar:
2-tur
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:2

15-tur
"Qizilqum" - "Paxtakor" 0:5

19-tur
"Navbahor" - "Paxtakor" 0:1

20-tur
"Metallurg" - "Paxtakor" 1:2

21-tur
"Paxtakor" - "So'g'diyona" 3:0

22-tur
"Dinamo" - "Paxtakor" 1:4 (ikkita)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia