Fabricio Romano: "Messining "Barsa"ga qaytishi haqidagi xabarlarda bir tomchi ham haqiqat yo'q"

Administrator
11 okt 2023, 23:55
Taniqli insayder Messi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo'ydi.

Fabricio Romano Lionel Messining "Inter Mayami"da qolishini tasdiqladi.

"Messining klubdan ketishi yoki ijaraga berilishi borasida menda umuman ma'lumot yo'q. U "Inter Mayami"ga bor e'tiborini qaratgan. Boshqa hech narsa deyish shart emas.

Hozirgi vaqtda atrof to'la yolg'on. Vaziyat o'zgarishi ham ehtimoldan holi emas. Biroq, Messining "Barsa"ga qaytishi haqidagi xabarlarda bir tomchi ham haqiqat yo'q", -deb yozadi Fabricio Romano.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano