Fabricio Romano: "Arsenal" Xaverc transferini hal qildi. Bitim yaqin soatlar ichida imzolanadi"

Administrator
21 iyun 2023, 20:05
Futbolchi boshqa bir London klubiga o'tadi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Chelsi" futbolchisi Kay Xaverc "Arsenal"ga o'tadi. Ikki klub o'zaro kelishib olgan, bitim tez orada imzolanadi. "Chelsi" futbolchi uchun 60+5 mln funt oladi. 

Ushbu haftada "Arsenal" va Kay uzoq muddatli shartnoma imzolashadi. Tez orada tibbiy ko'rik ham o'tkaziladi.

Maluot uchun, Xaverc 2020 yilning kuzida "Chelsi"ga kelgandi. O'shanda futbolchining transferi londonliklarga 90 mln funtga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano