Fabregas nima uchun “Real”ga rad javobini berganini ma'lum qildi

6 sen 2019, 08:53
“Monako” futbolchisi “Arsenal”da o'ynab yurgan vaqtlarida “Real”ning bir nechta taklifiga rad javobini bergan.

Fabregasning so'zlariga ko'ra, u o'sha vaqtda “Arsenal” va Arsen Vengerga qattiq bog'lanib qolgan. Shu boisdan u “Qirollik klubi” takliflarini rad etgan. Ammo oradan bir qancha muddat o'tib, o'zi butun umr orzu qilgan “Barselona”ga qaytishga rozilik bergan. Sesk shu o'rinda “Real” tomonidan bo'lgan qiziqish va jarohat olganida yuborilgan xabarlar, qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS.com