Fabregas: "Bugungi kunda faqat Messi Azardan kuchli"

Aslanov Jasurbek
24 apr 2017, 14:16
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas jamoadoshi Eden Azarni maqtadi.

"Azar - dono futbolchi. Ayni damda faqat Messi undan kuchli.

Azarga egoist ham bo'lib turish kerakligini ko'p aytaman. Shundagina u ko'proq gol uradi va hammasi istaganidek bo'ladi.

Bazida 2ga 2 chiqamiz, u esa pas beradi. Men esa shunday deyman: "Senda gol urish imkoniyati bor, o'zing ur". U egoist bo'lib turishi kerak" - deydi Fabregas.

Azar joriy mavsum "Chelsi" safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 15 ta gol urib, 7 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror