Fabio Braziliyaga qaytmoqchi

10 okt 2013, 10:01
"Manchester Yunayted" himoyachisi Fabio Braziliya chempionatiga qaytishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
"Manchester Yunayted"ni tark etish vaqti kelganga o'xshaydi. Hozirda menda bir necha takliflar bor. Ko'p ehtimolki, "Fluminense"ga qaytaman", deya futbolchi so'zlaridan Goal.com iqtibos keltirmoqda. 

  Eslatib o'tamiz, Fabio 2008 yilda "Manchester Yunayted"ga "Fluminense"dan 3 million evro evaziga o'tgandi. 

Manba: football.kulichki.net