Fabian Sher "Arsenal" qiziqayotgan futbolchilar ro'yxatidan joy oldi

24 sen 2013, 15:10
"Bazel" markaziy himoyachisi Fabian Sher "Arsenal" klubi qiziqaytgan futbolchilari ro'yxatidan o'rin egalladi, deya xabar bermoqda The Guardian.
Shveytsariya klubi futbolchi bilan qishgi transfer oynasi davomida xayrlashishga qarshi emas. Buning uchun ular 5 million evro so'rashmoqda.

Ushbu mavsum davomida himoyachi Shveytsariya chempionatining 7 o'yinida maydonga tushib, ikki bora gol urishga muvaffaq bo'lgan. Chempionlar ligasi saralash bahslarida ham u ikkita gol kiritishga erishgan.

Manba: football.kulichki.net