FA Ellardays borasida tekshiruv ishlarini o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
27 sen 2016
Angliya futbol assotsiatsiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardaysning korrupsiyaga bog'liq ishi borasida surishtiruv ishlarini o'tkazadi.

Oldinroq The Telegraph jurnalistlari o'zini Osiyo kompaniyasi vakillari sifatida tanishtirib, Ellardays bilan muzokaralar o'tkazgan edi. 61 yoshli mutaxassis vositachi sifatida Angliya transfer bozorida noqonuniy ishi uchun 400 ming funt talab qilgandi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi The Telegraph jurnalistlaridan bu ish borasida barcha hujjatlarni taqdim etishni so'radi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports