"Eyr Fors" futbolchisi murabbiy bilan janjallashgani bois jamoani tark etmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2023, 18:28
Iroq klubi OCHLda OKMK bilan bir guruhdan o'rin olgan.

"Eyr Fors" hujumchisi Muntazar Abdul Amir hamda klub bosh murabbiyi Ayub Odisho o'rtasida nizo kelib chiqqach, futbolchi jamoasini almashtirishga qaror qilgan.

Al Xalij nashri xabariga ko'ra, mojaro o'tgan dushanba kuni Osiyo Chempionlar Ligasining 1-turida "Eyr Fors" va Eronning "Sepaxon" uchrashuvi qaydnomasiga futbolchining kiritilmaganidan so'ng kelib chiqqan.

2:2 hisobida yakunlangan bahsdan so'ng futbolchi mashg'ulotlarda qatnashmagan, bu esa murabbiyning undan voz kechishiga sabab bo'lgan.

Klub rahbariyati ikki tomon o'rtasidagi nizoni yumshatishga harakat qilmoqda, biroq ular o'z qarorida qatiy turib olishgan.

Xabarlarga ko'ra, Abdul Amirga "Al Zavra"dan taklif tushgan, biroq "Eyr Fors" klubning asosiy raqobatchilaridan birining tarkibini kuchaytirishni istamaydi.

Eslatib o'tamiz, Iroq klubi OCHLning 2-turida O'zbekistonning OKMK klubi maydoniga safar uyushtiradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia