Yevropaning kuchli ligalarida transfer oynasi qachon yopiladi?

Aslanov Jasurbek
4 avg 2018, 11:28
Tez orada Angliya Premer-ligasining navbatdagi mavsumiga start beriladi.

O'tgan yili Angliya chempionati rahbarlari transfer oynasini milliy birinchilik start olishidan avval yopishga qaror qilishgan edi. Demak, inglizlar 9 avgustgacha xaridlarni amalga oshirishga ulgurishlari kerak. 10 avgustda esa "Manchester Yunayted" hamda "Lester Siti" o'rtasidagi uchrashuv yangi mavsumni ochib beradi.

Yevropaning kuchli ligalarida transfer oynasi qachon yopiladi?
ChempionatTransfer oynasi yopiladigan kunTransfer oynasi yopiladigan soat (Toshkent vaqti bilan)Chempionat boshlanadigan kun
Angliya9 avgust23:0010 avgust
Italiya17 avgust21:0018 avgust
Germaniya31 avgust21:0024 avgust
Rossiya1 sentyabr01:0028 iyul
Ispaniya1 sentyabr03:0017 avgust
Fransiya1 sentyabr03:0010 avgust

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia