Yevropaning 2023 yilgi eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
31 avg 2023, 22:15
YCHL 2023/24 yilgi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida Yevropaning eng yaxshi futbolchisi nomi aniqlandi.

"Manchester Siti"ning 23 yoshli hujumchisi Erling Holand sovrinni Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimidan so'ng qabul qildi.

Yarim himoyachilar Kevin de Bryuyne (“Man Siti”) va Lionel Messi (PSJ) ham sovringa da'vogarlik qilishdi.

Holand o'tgan mavsum Chempionlar ligasida g'olib chiqdi, 12 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi to'purari bo'ldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia