Yevropaning 2019 yildagi eng qimmat klublari reytingi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
28 may 2019, 22:15
KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi Yevropaning 2019 yildagi eng qimmat klublari reytingini tuzib chiqdi.

Tadqiqotlar natijasiga ko'ra, Madridning Real klubi birinchi o'ringa loyiq ko'rilgan. Qayd etilishicha, qirollik klubining umumiy narxi 3 mlrd. 224 mln.ni tashkil qiladi. Bu o'tgan yilgiga nisbatan 10 foizga ko'p demakdir. Ikkinchi o'rinda Manchester Yunayted (3,207 mlrd. evro) hamda undan keyingi pog'onaga esa Bavariya (2,696 mlrd.) joylashtirilgan. 

Umumiy reyting esa quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Real – 3,224 mlrd. evro

2. MYU – 3,207

3. Bavariya – 2,696

4. Barselona – 2,676 

5.  Manchester Siti – 2,460 

6. Chelsi – 2,227

7. Liverpul – 2,095

8. Arsenal – 2,008

9. Tottenxem – 1,679

10. Yuventus – 1,548 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: KPMG