Yevropa Superkubogida ilk bor bir shaharning ikki klubi o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2018
Madridning “Real” hamda “Atletiko” klublari Yevropa Superkubogi uchun o'yinda maydonga tushadi.

“Blankos” YCHL, “Kolchoneros” esa Yevropa Ligasi g'olibi sifatida yana bir kubokni qo'lga kiritish uchun urinib ko'radi. Ushbu uchrashuv 15 avgust kuni Estoniya poytaxti Tallin shahrida bo'lib o'tadi.

E'tiborlisi shundaki, Yevropa Superkubogi tarixida ilk bor bir shaharning ikki klubi bosh sovrin uchun maydonga tushadi. “Atletiko” va “Real” Madrid shahri sharafini himoya qiladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: