Yevropa ligasida hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
21 apr 2023, 11:15
UEFA Yevropa ligasining 1/4 finali javob o'yinlari yakuniga ko'ra, haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, quyidagi futbolchilar eng yaxshi bo'lishlari mumkin: 

- "Bayer" hujumchisi Adam Glojek ("Yunion Sent-Jilluaz" bilan o'yinda gol, assist va 5 ta zarba);

- "Roma" yarim himoyachisi Nemanya Matich ("Feyenoord" bilan o'yinda 87% aniq uzatmalar);

- "Yuventus" xavbegi Adrien Rabo ("Sporting" bilan o'yinda gol va 77% aniq uzatmalar);

- "Sevilya" forvardi Yussef En-Neseri ("Manchester Yunayted" bilan o'yinda dubl va 5 ta zarba).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UEFA