Yevropa ligasi. Pley-offga chiqqan 14 ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
1 dek 2023, 07:48
Yevropa ligasida guruh bosqichining 5-tur o'yinlari yakunlandi.

Unga ko'ra, pley-offda ishtirok etadigan 24 jamoadan 14 tasining nomi aniq bo'lib ulgurdi. 

Atalanta (Italiya), Bayer (Germaniya) va Liverpul (Angliya) o'z guruhlarida 1-o'rinni egallab, to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalda ishtirok etadigan bo'ldi. 

Brayton (Angliya), Frayburg (Germaniya), Marsel (Fransiya), Renn (Fransiya), Roma (Italiya), Slaviya (Chexiya), Vilyarreal (Ispaniya) va Vest Xem Yunayted (Angliya) jamoalari ham Yevropa ligasi pley-offida o'ynaydi, lekin hozircha qaysi bosqichda ekanligi aniq emas.

Sporting (Portugaliya) guruhda 2-o'rinni olgani aniq bo'ldi va 1/16 finaldan ishtirokini boshlaydi. Shuningdek YCHLda 3-o'rinni qo'lga kiritib ulgurgan Feyenoord (Niderlandiya) va Yang Boyz (Shveytsariya) ham ushbu bosqichdan ishtiroklarini davom ettirishadi. 

Musobaqada so'nggi tur o'yinlari 14 dekabr kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia