Yevropa Ligasi finali oldidan "Chelsi"da katta yo'qotish

Alisher
27 may 2019, 13:55
"Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante katta ehtimol bilan Yevropa Ligasi final uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Fransiyalik futbolchi jamoaning oxirgi mashg'ulotlaridan birida tizzasidan jarohat oldi va maydonni qiyinchilik bilan tark etdi.

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, 28 yoshli xavbekning tiklanish muddati aniq emas, ammo u aniq "kanonirlar" bilan bo'ladigan finalni o'tkazib yuboradi.

Oldin ham Kante tizzasidan jarohat olgan edi. May oyi boshida Angliya chempionatining 37-turi doirasidagi "Uotford" (3:0) ga qarshi o'yinda jarohat olgan. Fransiyalik futbolchi yaqinda mashg'ulotlarga qaytgan edi.

"Chelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yin 29 may kuni 23:55 da Bokudagi "Olimpiyskiy" stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian