

“Arsenal” Londonda SSKA ni yirik 4:1 hisobida taslim etdi. Uchrashuvdagi barcha gollari birinchi bo'limda darvozalarga kiritildi.

Germaniyaning “RB Leyptsig” klubi Timo Vernerning yagona goli evaziga o'z uyida “Marsel”ni dog'da qoldirdi.

Rimning “Lacio”si esa “Zalcburg”ni qabul qilib 4:2 hisobida g'olib chiqdi. Rimliklarning ikki goliga mehmonlar ikki bor javob qaytarishga erishishdi. Ammo mezbonlar ikki daqiqa ichida ikki marta gol urib, javob o'yini oldidan o'z imkoniyatlarini yaxshilab olishdi.

“Atletiko”- “Sporting” bahsida Simone shogirdlari birinchi bo'lim avvalidayoq Kokening zarbasidan so'ng hisobda oldinga chiqib olishgan bo'lishsa, 40-daqiqada Grizmmann o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi -2:0.




