Yevropa chempionlar ligasi qur'asi haqida batafsil

Narzulla Saydullayev
30 avg 2018
Bugun, 30 avgust kuni Monakodagi "Grimaldi Forum"da 2018/19 yilgi mavsum Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marsoimi bo'lib o'tadi.


- Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

- Yangi formatga ko'ra 26 klub guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oldi. Qolgan 6ta ishtirokchi pley-off orqali aniqlandi.

- Klublarni 4ta savatchaga ajratishadi. Birinchi savatchadan musobaqaning amaldagi g'olibi, Yevropa ligasi g'olibi va UEFA koefficientlar reytingida eng yuqorida turgan olti mamlakat chempionlari o'rin olishadi.

- Bitta mamlakat klublari bir guruhdan joy olishmaydi.


Savatchalar ro'yxati

Birinchi savatcha

"Real" (chempion)
"Atletiko" (Yevropa ligasi g'olibi)
"Barselona"
"Bavariya"
"Manchester Siti"
"Yuventus"
"Pari Sen-Jermen"
"Lokomotiv"

Ikkinchi savatcha
"Borussiya"
"Portu"
"Manchester Yunayted"
"Shaxter"
"Benfika"
"Napoli"
"Tottenxem"
"Roma"

Uchinchi savatcha
"Liverpul"
"Shalke"
"Lion"
"Monako"
"Ayaks"
SSKA
PSV
"Valensiya"

To'rtinchi savatcha
"Viktoriya"
"Bryugge"
"Galatasaroy"
"Yang Boyz"
"Inter"
"Xoffenxaym"
"Crvena Zvezda"
AEK



Tadbir vaqtida quyidagi sovrinlar topshiriladi:

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi (nomzodlar: Modrich, Ronaldu, Salah)
Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi (Amandin Anri, Pernilla Xarder, Ada Xegerberg)
YCHL-2017/18ning eng yaxshi darvozaboni (Alisson, Janluiji Buffon, Keylor Navas)
YCHL-2017/18ning eng yaxshi himoyachisi (Marselo, Serxio Ramos, Rafael Varan)
YCHL-2017/18ning eng yaxshi yarim himoyachisi (Kevin de Breyne, Toni Kroos, Luka Modrich)
YCHL-2017/18ning eng yaxshi hujumchisi (Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Muhammad Salah)


Mavsum taqvimi

18/19 sentyabr: Birinchi tur
2/3 oktyabr: Ikkinchi tur
23/24 oktyabr: Uchinchi tur
6/7 noyabr: To'rtinchi tur
27/28 noyabr: Beshinchi tur
11/12 dekabr: Oltinchi tur

17 dekabr: 1/8 finalga qur'a tashlash marosimi

12/13/19/20 fevral: 1/8 final dastlabki uchrashuvlari
5/6/12/13 mart: 1/8 final javob uchrashuvlari

15 mart: 1/4 finalga qur'a tashlash marosimi
9/10 aprel: 1/4 final dastlabki uchrashuvlari
16/17 aprel: 1/4 final javob uchrashuvlari

19 aprel: 1/2 finalga qur'a tashlash marosimi
30 aprel/1 may: 1/2 final dastlabki uchrashuvlari
7/8 may: 1/2 final javob uchrashuvlari

1 iyun: FINAL - "Metropolitano", Madrid


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia