Evrokuboklar finallarining bosh hakamlari ma'lum qilindi

Khoja
13 may 2025
UEFA joriy mavsumdagi evrokuboklarning hal qiluvchi o'yinlarida kimlar bosh hakam bo'lishini e'lon qildi.

31 may kuni Yevropa Chempionlar Ligasi finalida PSJ va “Inter” jamoalari to'qnash kelishadi.O'yinni ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach boshqarib boradi.

Yevropa ligasini esa germaniyalik hakam Feliks Cvayer boshqarib boradi. Bahs 21 may kuni bo'lib o'tadi. Unda MYU va “Tottenxem“ o'zaro bahs olib boradi.

28 may kuni Konferenciya ligasi finalida “Chelsi“ va “Betis“ o'zaro to'qnash keladi.O'yinni Irfan Pelto boshchiligidagi bosniyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.


KhojaMuallif
Manba: UEFA.com