Evro-2024. Uotkinsning so'nggi daqiqalardagi goli Angliyani finalga olib chiqdi. Ispaniya – Angliya finalini ko'ramiz!

Administrator
11 iyul 2024, 01:55
Angliya tyermasi Nidyerlandiyani mag'lubiyatga uchratib, Evro-2024 finaliga yo'l oldi.

Evro-2024. Yarim final

10 iyul, 23.59, Signal Iduna Park

Nidyerlandiya – Angliya 1:2

Gollar: 1:0 – 7 Simons, 1:1 – 18, penalti Keyn, 1:2 – 90 Uotkins.

Nidyerlandiya – Vyerbryuggen, Dumfris (Zirkze, 90), de Vrey, van Deyk, Ake, Sxauten, Reyndyers, Simons (Brobbi, 90), Malen (Vegorst, 46), Gakpo, Depay (Vyerman, 35).

Angliya – Pikford, Uokyer, Stounz, Gexi, Trippyer (Shou, 46), Rays, Foden (Palmyer, 80), Bellingem, Maynu (Gallaxyer, 90), Saka (Konsa, 90), Keyn (Uotkins, 81).

Ogohlantirishlar: Dumfris (17), Bellingem (72), Saka (86), van Deyk (87), Simons (90+1), Trippyer (90+4).

MATNLI TRANSLYATSIYA


90+5. O'yin yakunlandi! Angliya finalda. Ispaniya va Angliya Yevropa chempionligi uchun o'yin o'tkazishadi!

90+1. GOOOOOOOOL! Angliya g'alaba golini urmoqda. Olli Uotkins o'tkir burchakdan supyer zarba yo'llab, Angliyani hisobda oldinga olib chiqdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga ikki daqiqa qo'shib byerildi.

88. Palmyerning qulay holatdan byergan zarbasi noaniq chiqdi.

87. Burchak to'pisiz qolgan  van Deyk etiroz bildirdi va bu uchun sariq kartochkaga "loyiq" ko'rildi.

86. Nidyerlandiyaning istiqbolli hujumini to'xtatib qolgan Saka ogohlantirildi.

84. Nidyerlandiya o'ta xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Reyndyers ajoyib reydni amalga oshirdi, ammo oxirgi pas biroz xato.

81. O'zgarishlar. Keyn va Foden maydondan olindi, Uotkins va Kol Palmyer maydonga tushdi.

80. Yo'q, Angliya kiritgan golda ofsayd bor ekan. Hisob o'zgarishsiz qoldi.

79. GOOOOOOOL! Uokyerning pasidan so'ng Saka to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

77. Xavi Simons to'pni sakratib darvozaga yo'lladi, Pikford to'pni egallab oldi.

72. Jud Bellingem o'ta qo'pol o'yini sabab ogohlantirildi.

68. Gakponing qanotdan uzatgan to'pini Pikford egallay olmadi va maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

63. Zarbaaa! Ven Deyk kutilmaganda darvozani nishonga oldi. Pikforddan seyv!

50. Angliya to'p nazoratini qo'lga olgan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+3. Tanaffus, Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Ikkala jamoa ham tanaffusni istashmoqda.

45. Birinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib byerildi.

39. Zarbaaa! Fodendan ajoyib urinish, ammo Vyerbryuggen to'pni egallab oldi.

35. Memsif Depay jarohati sabab almashtirildi, uning o'rnini Yoey Vyerman egalladi.

34. Depay jarohat olgan ko'rinadi.

32. Zarbaaaaaaaaaaa! Nima bu? Fil Fodendan supyer zarba. Foden Yamalning kechagi zarbasini deyarli takrorladi, farq shundaki, Fil darvoza ustunini tashqi tarafini nishonga oldi.

30. Zarbaaaaaa! Denzel Dyumfris boshi bilan darvoza to'sinini nishonga oldi!

29. Nidyerlandiyada ajoyib hujum. Depay qarshi hujumda oldinga o'tdi va to'pni Malenga oshirdi. Malenning zarbasi esa bloklandi. Burchak zarbasi.

24. Angliya ustunlikni qo'lga olmoqda.

23. Qanday vaziyat? Fil Fodenning kuchsiz zarbasi raqibga noqulaylik to'g'dirdi. Dyumfris to'pni darvoza chizig'idan qaytardi!

18. GOOOOOOOOOL! Harri Keyn penaltidan hisobni tenglashtirdi. 1:1

17. Dyumfris bu harakati uchun sariq kartochka ham oldi.

17. Penalti! Angliya tepadi. Dyumfris Keyn zarba byerayotgan payt hujumchining oyog'iga o'ynagan ekan.

15. Keyn penalti so'ramoqda. VAR bu vaziyatni ko'rib chiqishi mumkin.

14. Zarbaaaa! Saka juda cho'zib yuborgan vaziyatda to'p Keynga bordi. Harri esa o'ta kuchli, lekin biroz noaniq zarba byerdi.

7. GOOOOOOOOOOL! Nidyerlandiya hisobni ochmoqda. To'pni Angliya himoyachisidan olib qo'ygan Xavi Simons o'ta kuchli zarbasi bilan inglizlarni dog'da qoldirdi

4. Dastlabki daqiqalardagi tempga qaraganda, bugun zyerikib qolmaymiz.

1. O'yin boshlandi!


- Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia