Evro-2024. Aleksandr Xomyakov: "Balki biror terma jamoa syurpriz ko'rsatsa ham ajablanmaymiz"

Omonjon To`xtamirzayev
11 iyun 2024, 17:26
"Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov Evro-2024 musobaqasi oldidan fikrlarini bildirdi va jamoalarning imkoniyatini baholadi.

"Men biror-bir terma jamoani alohida ajratib ko'rsatmayman. Har bir musobaqaning o'z favoritlari bo'lganidek, Yevropa chempionatining ham favoritlari bor. Musobaqa Germaniyada o'tyapti va mezbonlar o'z-o'zidan favorit. Doimgidek, Ispaniya, Fransiya, Angliya, Italiya kabi terma jamoalarni aytish mumkin. Balki biror terma jamoa syurpriz ko'rsatsa ham ajablanmaymiz.

Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Istalgan terma jamoadan kutilmagan natijalarni kutsa bo'ladi. Qolganini vaqt ko'rsatadi", - deydi Aleksandr Xomyakov.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia