Evro-2020. “Yuventus” sport direktori Portugaliya – Serbiya uchrashuvini kuzatib boradi. Nega?

Aslanov Jasurbek
25 mar 2019, 00:12
Evro-2020ning saralash uchrashuvlari doirasidagi Portugaliya va Serbiya uchrashuvini “Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi bevosita stadiondan kuzatib boradi.

Gap shundaki, Paratichi o'yin davomida 4 nafar futbolchining harakatlarini o'rganadi. Ulardan 2 nafari mezbonlar vakili Ruben Diash va Joau Felish (ikkisi ham “Benfika”) bo'lsa, qolgani esa serbiyalik futbolchilar Sergey Milinkovich-Savich (“Lacio”) hamda Nikola Milenkovich (“Fiorentina”) bo'ladi.

Portugaliya – Serbiya bahsi, 25-mart kuni Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: calciomercato.com