Evro-2020 saralash. Guruh autsayderi Ozarbayjon kutilmaganda Xorvatiyadan ochko tortib oldi

Eldor Akmurzayev
9 sen 2019, 23:05
Evro-2020 saralashining 5-turidan o'rin olgan Ozarbayjon hamda Xorvatiya o'rtasidagi bahsda durang natija qayd etildi.

Aytish joizki, ozarbayjonliklar saralashdagi ilk ochkosini qo'lga kitirishdi. Ular "E" guruhida autsayder bo'lib turishibdi.

Ozarbayjon – Xorvatiya 1:1 (0:1, 1:0)

Baksel-Arena

Gollar: 0:1 – 11, penalti Modrich, 1:1 – 72 Xalilzade.

Ozarbayjon – Balaev, Krivocyuk, Mustafazade, Pashaev (Xalilzade, 46), Medvedev, Raximov, Garaev, Guseynov (Maxmudov, 60), Sheydaev, Emreli, Nazarov (Eyubov, 90).

Xorvatiya – Livakovich, Barishich, Bartolec (Brekalo, 76), Vida, Lovren, Modrich, Vlashich, Brozovich, Perishich, Petkovich, Rebich (Orshich, 86).

Ogohlantirishlar: Brozovich (21), Krivocyuk (62), Nazarov (67), Xalilzade (68), Barishich (70), Medvedev (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia