Evro-2020. Ispaniya – Polsha. Paslarining aniqligi 87%ni tashkil qilgan o'yinchi "bahs yulduzi" bo'ldi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2021, 02:28
Yevropa chempionati "E" guruhi 2-turi doirasidagi Ispaniya – Polsha uchrashuvi (1:1) nihoyasiga etdi.

O'yinning eng yaxshisi deb Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jordi Alba topildi. U bir marta raqibdan to'pni olib qo'ydi, bir marta havodagi kurashda g'olib chiqdi va 95 ta pasidan 83 tasini aniq (87%) amalga oshirdi.   

32 yoshli Alba o'tgan mavsumda "Barselona" uchun 35 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia