Evro-2020. Luis Enrike shvedlar bilan durang uchun muxlislardan uzr so'radi

Alisher
15 iyun 2021, 07:38
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Evro-2020 1-turi doirasidagi Shvetsiya (0:0) bilan o'yindagi durangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz faqat uzoq masofadan to'p uzatmalariga tayanib, himoyada o'tirishga qaror qilgan jamoa bilan uchrashdik. Biroq, Shvetsiya g'alaba qozonishi mumkinligini ham tan olishim kerak. Durang achchiq tuyg'ularni qoldirdi va men futbolchi va muxlislardan uzr so'rayman. Bu kechada yutishimiz kerak edi. Biz golli vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz, bugun ular etarli bo'ldi, ammo uni amalga oshirish yuqori darajada bo'lmadi", - deydi Enrike.

"E" guruhidagi boshqa bir o'yinda Slovakiya Polsha (2:1)ni mag'lub etdi.

Ispaniya 19 iyunda Polsha bilan, shvedlar esa bir kun oldin Slovakiya bilan to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com