Evro-2016 saralashi: Robben hal qiluvchi o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2015, 11:12
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aren Robben Evro-2016 saralashi doirasidagi Qozog'iston va Chexiyaga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Danni Blind Robbenning o'rniga Amstyerdamning "Ayaks" klubi hujumchisi Anvar El-Gazini chaqirdi.

Quyida Qozog'iston va Chexiyaga qarshi o'yinlarda ishtirok etadigan futbolchilar ro'xati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Sillessen (Ayaks), Krul (Nyukasl), Zut (PSV).

Himoyachilar: Blind (MYU), Bruma (PSV), Yanmaat (Nyukasl), Tete, Ridevald (ikkisi - Ayaks), van Deyk (Sautgempton), Kongolo (Feyenord), Rekik (Marsel).

Yarim himoyachilar: Anita, Veynaldum (ikkisi - Nyukasl), Klaassen (Ayaks), Snayder (Galatasaray), Afellay (Stok Siti).

Hujumchilar: Depay (MYU), El-Gazi (Ayaks), Dost (Volfsburg), Promes (Spartak M), Xuntelaar (Shalke), van Persi (Fenerbaxche).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua