Evro-2016. Ochilish uchrashuviga hakamlar tayinlandi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2016, 08:14
UEFA Evro-2016 ochilish o'yinida qaysi hakamlar ishlashini ma'lum qildi.

Fransiya va Ruminiya o'rtasidagi o'yinni vengriyalik Viktor Kashshai boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Qanotlarda Derd Ring va Vencel Tot, darvoza ortida – Tamash Bognar va Adam Farkash ishlaydi.

Zaxira hakamlari sifatida Born Kuypers va Sander van Rukel tanlangan.

Eslatib o'tamiz, Fransiya - Ruminiya uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com