

Fransiya va Ruminiya o'rtasidagi o'yinni vengriyalik Viktor Kashshai boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Qanotlarda Derd Ring va Vencel Tot, darvoza ortida – Tamash Bognar va Adam Farkash ishlaydi.
Zaxira hakamlari sifatida Born Kuypers va Sander van Rukel tanlangan.
Eslatib o'tamiz, Fransiya - Ruminiya uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.



