

Evro-2016 doirasidagi Italiya - Irlandiya uchrashuvidan so'ng ishchilar maysalarni yig'ishtirib olishni boshlashdi. Gollandiyada o'stirilgan yangi maysa Germaniya va Slovakiya o'rtasidagi o'yinga qadar stadionga yotqizib bo'linadi.
Lilldagi ish tugagach UEFA brigadasi Marsel shahridagi Velodrom stadionida maysani almashtirishadi.
Lill shahridagi stadionda Evro-2016 guruh bosqichidan o'rin olgan 4ta o'yin bo'lib o'tdi.







