Evro-2016. Fransiyaga beshta debyutant tashrif buyuradi

Aziz Tukhtamuradov
20 may 2016, 23:00
Yevropa chempionatlariga oid faktlar bilan tanishtirishda davom etamiz.


Bilasizmi? Yevropa chempionat final bosqichida hali ishtirok etmagan beshta terma jamoa ushbu yozda o'z debyutlarini nishonlashadi.

Fransiyada o'tadigan Yevropa chempionatida bu safar har doimgidek 16 emas, 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Bu safar yangicha formatda musobaqa o'tkaziladi. Musobaqadagi oltita guruhdan dastlabki 1-2 o'rinni egallagan jamoalar pley-offga yo'l olishadi. Shuningdek, yana to'rtta guruhdagi eng yaxshi ko'rsatkichga ega 3-o'rin egalari ham nimchorak finalga chiqishadi.

Musobaqada ishtirok etadigan 24 terma jamoadan 19tasi avvallari ham Yevropa chempionati final bosqichida ishtirok etishgan. Bu safar yangilardan Islandiya, Shimoliy Irlandiya, Uels, Albaniya hamda Slovakiya terma jamoalari debyutlarini nishonlashadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia