Evgeniy Cheremisin: “Hisob o'yinga mos bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2018
“Nasaf” – “Qizilqum” (0:0) uchrashuvidan so'ng uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deya, etirof etilgan “Qizilqum” jamoasi posboni Evgeniy Cheremisin o'yin haqida shunday fikr bildirdi.

- O'yin haqida nima deyishim mumkin. Ikkala jamoada ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Ammo buni hech kim golga aylantira olmadi. Hisob o'yinga mos bo'ldi. Muhimi, mag'lubiyatga uchramadik. Durang ham yaxshi natija. Ammo g'alaba qozona olmaslik ham yaxshi emas, - deydi Evgeniy Cheremisin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz