"Everton" Roberto Martines bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2014, 13:43
Angliyaning "Everton" klubi bosh murabbiyi Roberto Martines shartnomasini uzaytirdi.
Ispaniyalik murabbiy bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzildi.

Martines "Everton"ni o'tgan yil qabul qilib olgandi. Ilk mavsumdayoq u klub bilan APLda 5-o'rinni egalladi. Yangi mavsumda "Iriskalar" 2009/10 yildan buyon ilk bor evrokuboklarda ishtirok etishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru