"Everton" muxlislari MYU bilan o'yindan avval norozilik namoyishi o'tkazishdi

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2023, 11:30
Jamoadan 10 ochko olib tashlangani tufayli "Everton" muxlislari "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan avval namoyish o'tkazishdi.

Ularning qo'llarida APL logotipi tushirilgan, "Corrupt" (sotilgan, poraxo'rlik yo'liga kirgan) yozuvli kartochklar ko'tarilgandi. Shunday holat o'yin boshida Premer-Liga madhiyasi yangrayotganida va 10-daqiqada ham yuz berdi.

Bundan tashqari muxlislar: "Hukmronlik, ochko'zlik va pullar bor joyda... korrupsiya bo'ladi" yozuvi tushirilgan bannerni namoyish qilishdi.





O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian