"Everton" Leyton Beyns bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2014, 15:42
"Everton" chap qanot himoyachisi Leyton Beyns bilan shartnomani uzaytirdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy Tvitteri.
Yangi shartnoma to'rt yilga mo'ljallangan. Avvalgi shartnoma muddati 2015 yilning yozida nihoyasiga yetishi kerak edi. Biroq tomonlar o'zaro maslahatlashib, hamkorlik muddatini hozirdanoq uzaytirib qo'yishni maqul topishdi.

"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martinesning mo'zlariga ko'ra, Beyns klubning yetakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net