Eto'O: “Futbol afsungari “Barsa”da ekan, Xavi jamoaga qaytishi shart”

11 iyun 2020, 09:50
“Barselona”ning sobiq hujumchisi Samuel Eto'O ning aytishicha, u ko'k-anorranglilar sobiq yarim himoyachisi Xaviga jamoaga bosh murabbiy sifatida qaytishni maslahat bergan.

“Men Xaviga har qanday holatdayam jamoaga qaytishini aytdim. Futbol dahosi jamoada ekan, u tezroq Kataloniyaga qaytishi kerak. U Messi bilan birga to'p tepgan va bu uning jamoadagi ishini osonlashtiradi”, deya Eto'Oning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri “Catalunya Radio”siga tayanib.

Eto'O 2004-2009 yillarda Barselona tarkibida harakat qilgan va jami 200 ta uchrashuvda maydonga tushib, 130 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Catalunya Radio