Eshli Koul: "Chelsi" bilan sharnomani uzaytirishni istayman"

Tolibjon Qosimov
30 okt 2013, 11:01
Ushbu mavsum yakunlangach, erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan "Chelsi" himoyachisi Eshli Koul londonliklar bilan shartnomasini uzaytirish istagini bildirdi.
"Umid qilamanki, bu yerda hali uzoq muddat qolaman. Bu yerda vaqtni juda yaxshi o'tkazyapman. Faoliyatim ham ajoyib kechyapti. Shuning uchun agar jamoaga yordamim tegsa, bu yerdan hech qayoqqa ketishni istamayman".

"Ayni vaqtda shuni ham yaxshi bilamanki, vaqt o'tib menga ham o'rinbosar qidirilishi kerak bo'ladi. Hozir mening ampluamda Bertran bor. Payt kelib, men uning ushbu nuqtada qanday to'p surishini kuzatib o'tiraman".

"Bu vaqt esa mening faoliyatim yakunlanayotganda keladi", deydi 32 yoshli ingliz himoyachisi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru