Eshitdik-da! Yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasining 5 futbolchisida koronavirus infekciyasi aniqlandi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2020, 20:49
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha, 3 avgustdan Toshkentda yig'in boshladi.

Kecha futbolchilar koronavirus uchun test topshirishgan. Eshitishimizga qaraganda 5 nafar futbolchida test ijobiy natija bergan.

Bugun ham mashg'ulotlar o'tkazilgan. Ushbu 5 nafar futbolchi bugungi mashg'ulotlarda qatnashganmi yoki yo'qmi hozircha ma'lum emas. Sababi mashg'ulotlar yopiq holda o'tkazilmoqda.

O'FA matbuot xizmati bu borada hozircha rasmiy ma'lumot bergani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia