Eshitdik-da! "Surxon" va "Qizilqum" o'z o'yinlarini Toshkentda o'tkazadi

Iskandarov Abdulaziz
20 yanv 2022, 18:34
Boshlanajak mavsum oldidan Superliga klublari stadionlarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, Navoiyning "Qizilqum" jamoasi maydon maysasini yaxshi holatga keltirish ustida ish olib boryapti. Shu bois jamoa 2022 yilning birinchi davrasini Toshkentda "Lokomotiv" stadionida o'tkazadi. Termizning "Surxon" klubi esa oldin xabar berganimizdek "Bunyodkor" stadionida mezbon sifatida raqiblarini qabul qiladi. 

Umummiy hisobda 6ta klub poytaxt maydonlarida to'p tepadi. Ular "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Olimpik", "Qizilqum", "Surxon" klublaridir. 


Eshitdik-da! "Surxon" yangi mavsumdagi uy o'yinlarini Toshkentda o'tkazadi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia