

Bunga sabab sifatida maydon parvarishi uchun etarli darajada e'tibor qaratilmagani ko'rsatilgan.
O'zPFL Superliga uchrashuvlarini translyatsiya qilish masalasida “Sport” telekanali bilan hamkorlik qiladi. Ikki tomon o'zaro kelishgan holda uchrashuvni teletranslyatsiya qiluvchi texnik xodimlarga, kameralarga sharoit yaratish ustida ishlayapti. “So'g'diyona” jamoasi bu borada ham talabni bajarmagan. Bugungi “Dinamo”ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga komissar mazkur holatni ham kiritishi va bu mezbon jamoaga nisbatan chora ko'rilishiga olib kelishi mumkin.
Ma'lumot uchun, “So'g'diyona”da nazariy jihatdan OFK kubogida ishtirok etish imkoniyati mavjud. Biroq klub qator talablarni bajarishda bunga munosib bo'lmayotgandek ko'rinmoqda.



