Eshitdik-da! "So'g'diyona" jamoasi "Olimpik" hujumchisini endi transfer qilmoqchi

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2024, 17:30
Superliga klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.

2 yanvar kuni "So'g'diyona" jamoasi "Olimpik" hujumchisi Muhammadali G'iyosovni ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, jizzaxliklar endi hujumchini ijara emas, to'laqonli transfer qilishmoqchi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Futbolchining "Olimpik" bilan kelishuvi 2024 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali Muhammadalining transfer summasini 250 ming evro deya baholagan.


Eslatib o'tamiz, M.G'iyosov o'tgan mavsum "Olimpik" va "Qizilqum" tarkibida jami 23ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urdi hamda 1ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia