Eshitdik-da! Ruben Xebay OKMKga o'tishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
25 may 2023, 16:13
Bu mavsum "Andijon" jamoasida yorqin taassurot qoldirayotgan albaniyalik hujumchiga Superliga jamoalaridan qiziqishlar mavjud.

Eshitishimizga qaraganda, Ruben Xebay ikkinchi davrani OKMK klubida boshlashi ehtimoli bor. Olmaliqliklar Xebayning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Forvard "Andijon"dan ketishi mumkin. Bunga asosiy sabablardan biri klubdagi moliyaviy muammolardir. Jamoa a'zolari fevral oyidan buyon maosh olishmagan. 

FIFA qonun qoidalariga ko'ra, futbolchi klubida 2 oy davomida maosh olmasa, u FIFAga yozgan holda shartnomadagi barcha pullarni olish va erkin agentga aylanib istalgan klubiga o'tish huquqiga ega. Buning uchun faqat futbolchi bilan kelishish kifoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia