Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
1 iyun 2023
O'zbekiston U-23 terma jamoasi iyun oyidagi FIFA kunlarida Xitoyda "Panda Cup" xalqaro o'rtoqlik turnirida qatnashishi ma'lum qilingandi.

Lekin keyinchalik ma'lum sabablar tufayli musobaqa qoldirilgandi.

"Championat.asia" ma'lumotlariga ko'ra, Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi iyunda Xitoyda yig'in o'tkazadi va Xitoy U-23 terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Olimpiyachilarimiz 13-20 iyun kunlari Xitoyda yig'in o'tkazishi kutilmoqda.


Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo kubogi saralashining biz joy olgan "E" guruhiga O'zbekiston mezbonlik qiladi. O'yinlar 6-12 sentyabr kunlari o'tkaziladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia