Eshitdik-da! "Olimpik" asosiy himoyachisi faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2023
"Olimpik" asosiy futbolchilaridan biri jamoani tark etdi.

Bu haqda Tolibjon Qosimov xabar berdi.

Timur Kapadze qo'l ostidagi jamoaning asosiy chap qanot himoyachisi Doston Tursunov klubni tark etdi. 22 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan faoliyatini "Surxon"da davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, Doston Tursunov o'tgan mavsum Superligada 21 ta o'yinda ishtirok etgan va 2 ta golli pas bergan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia