

Jamoa ayni vaqt Polsha 1-ligasi ishtirokchisi hisoblanadi.
Saytimizga ma'lum bo'lishicha, klub rahbariyati Saitovni sotib olish variantini o'rganmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli fulbek “Xoynichanka”ning short-listidan o'rin olgan.
Dilshod Saitov bu mavsum Ro'ziqul Berdiev jamoasida asosiy futbolchilardan biriga aylandi va “Nasaf”ning OCHL pley-offiga chiqishiga o'z hissasini qo'shdi.



